Kaliforniyadagi yirik yong‘inlar 366 mingdan ortiq aholini elektr ta’minotisiz qoldirdi

Kaliforniyadagi yirik yong‘inlar 366 mingdan ortiq aholini elektr ta’minotisiz qoldirdi

27 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Vaziyat kuchli shamol tufayli yomonlashmoqda.

Yong’in allaqachon mingdan ortiq uyni vayron qilgan va Gollivud yulduzlarining qasrlariga yetib borgan. Yulduzli yong’in qurbonlari orasida Tom Xenks, Entoni Xopkins, Parij Xilton, Leonardo Di Kaprio va boshqalar bor.

 

Shon-shuhrat xiyoboni va Hollywood Bowl kontsert zali ham yonib ketish xavfi ostida, deya xabar beradi Amerika OAV.

Los-Anjelesdagi 1200 gektar o’rmon va aholi turar joylari yondi.