Samarqandda ovchining ovi uzoq barorli bo’lmadi, rejasi pand berib, qo’lga tushdi.
Paxtachi tumani Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari tomonidan kuzatuv reyd davomida «Quvondiq» MFY fuqarosi S.S o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan «Istiqbol» mahallasi hududida ov qilib yurganlik holati aniqlandi.
Bu holat bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi talablarini buzganligi sababli Paxtachi tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga holat buyicha hujjatlar yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan 2024-yil 23-dekabr kuni ochiq sud bo‘lib o‘tdi va sud jarayonida fuqaro S.Sga nisbatan eng BHMning 10 barobarida jarima jazosi tayinlanib, ov quroli davlat foydasiga o‘tkazildi.
Eslatma: Paxtachi tumanida ov quroli bilan ochiq maydonlarda ov qilish taqiqlangan.
Yuqoridagi holatlarni oldini olish uchun barcha ovchilar o’z huquq va majburiyatlarini bilib olishsa maqsadga muofiq bo’lar edi.
Ovchining huquq va majburiyatlari:
yovvoyi hayvonlarning ruxsat etilgan turlarini ov qilishni belgilangan joylarda va belgilangan muddatlarda amalga oshirish;
qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish;
ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqiga ega.
Ovchining majburiyati:
ov qilishni amalga oshirish chog‘ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurishi;
ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilishi;
ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilishni amalga oshirmasligi; yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etishi, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirishi va boshqalar.
Ov qilish qurollari va usullari:
ov qurolidan;
ovchi zotiga mansub itlardan, boshqa ovga o‘rgatilgan hayvonlar va qushlardan (ovchilik guvohnomasida tegishli qayd mavjud bo‘lgan taqdirda);
yovvoyi hayvonlarni tirik holda tutib olish uchun to‘rlar va tuzoqlardan (yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tegishli belgi mavjud bo‘lgan taqdirda);
minoralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Madina ERKINOVA, tayyorladi