Mo’jaz topishmoqzor taqdimoti – Oqtepada

Mo’jaz topishmoqzor taqdimoti – Oqtepada

Yaqinda tumanimizdagi Oqtepa qishloq axborot kutubxonasida akademik, tarixnavis olim, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, yozuvchi Ismat Sanayevning «Topishmoq zo‘r, topishmoq» kitob taqdimoti bo‘ldi.

Tadbirda mazkur kitob muallifi, Paxtachi TAKM rahbari D. O‘tkirova, xodimlari Sh. Ermatova, Y. Narzullayeva, 11-umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Baratova, ustozlardan X. Norquvvatova, Sh. Fayzullayev, G. Yangiboyeva, shuningdek, «Kitobsevarlar klubi» a’zolari ishtirok etishdi.

Dastlab, G. Yangiboyeva rahbarlik qilayotgan 6-sinf o‘quvchilari «Liderlar» va «Zukkolar» guruhlariga bo’linib, «Topishmoq zo‘r, topishmoq» kitobidagi anagramma topishmoqlarni topishib, teng ball natijaga erishdilar va do‘stlik g‘alaba qildi.

So’ngra X. Norquvvatovaning 1-sinf o‘quvchilari raqs ijro etishdi. Sh. Fayzullayev esa o‘z qo‘shiqlaridan kuyladi hamda kitobxon buvijonlarning nabirasi D. Shomurodovalar tomonidan ko‘y-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

«Kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman» loyihasi asosida kitobxonlardan Muqaddas Asadova, Bo’ritosh Shodiyeva, Zebuniso Ulug‘bekovalar sara kitoblardan kitob sovg‘a qilishdi.

Qiziqarli o’tgan tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

M.YORQULOVA,

Paxtachi TAKM Oqtepa qishloq axborot kutubxona mutaxassisi.