Bu haqda AccuWeather konsalting kompaniyasi vakili Bill Ueydell ma’lum qildi.
Halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi, biroq real raqamlar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.Yong‘inlar 10 mingdan ortiq inshootni, jumladan turar-joy binolari, beshta cherkov, yettita maktab, ikkita kutubxona hamda ko‘plab do‘konlar, barlar va restoranlarni yo‘q qildi. Qariyb 180 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Politsiya evakuatsiya qilingan hududlarda talon-taroj va o‘g‘irlik qilgani uchun allaqachon 20 kishini qo‘lga olgan.
Bayden katta tabiiy ofat holatini e’lon qilib, 180 kun ichida oqibatlarni bartaraf etish xarajatlarining 100%ini qoplashni va’da berdi. Bu xarajatlarga chiqindilarni tozalash, vaqtinchalik boshpanalar va qutqaruvchilar mehnatiga haq to‘lash kiradi.
AccuWeather vakilining ta’kidlashicha, kompaniya sinoptiklari kelgusi haftada mintaqada kuchli shamol va o‘rmon yong‘inlari xavfi kuchayishi kutilmoqda deya habar qilgan.