Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi mumkin

Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi mumkin

Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

 

Unga ko‘ra, Kanada, Braziliya va Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Braziliya, Kanada, Argentina va boshqa yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.

 

Xususan, Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.

 

Lotin Amerikasida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi va o‘zaro tajriba almashiladi.