Buxoroda 200 million dollarlik chiqindilarni yoqish zavodi quriladi

Buxoroda 200 million dollarlik chiqindilarni yoqish zavodi quriladi

BAAda hamkorligida Buxoroda 200 million dollarlik chiqindilarni yoqish zavodi quriladi.

10 gektar maydonni egallaydigan zavod yiliga 547,5 ming tonna chiqindini qayta ishlab, 363 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

 

Natijada chiqindixonalar maydoni 50 foizga qisqaradi, 21 ming xonadon elektr energiyasi oladi. Bundan tashqari, 150 ta ish o‘rni yaratiladi.