Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida II – Jahon urushi qatnashchisi G’affor bobo Safarov yashardilar. Biz G’affor bobo bilan suxbatlashish uchun ularning xonadonlariga tashrif buyurdik. Afsuski urush qahramoni bo’lgan G’affor bobo olamdan o’tganligi sababli ularning oila a’zolari bilan suhbat qurishga muyassar bo’ldik. Aytishlaricha urush qahramoni 18 yoshida urushga ketgan va 21 yoshida qaytganlar.Urush daxshatlarini eslar ekanmiz janglar davomida juda katta miqdordagi qurbonliklar, vayronagarchiliklar inson aqliga sig’maydigan darajadaligining guvohi bo’lamiz. Bilishimiz bo’yicha 1923 – yilda tug’ilgan sovet erkaklarining 80 foizi II – Jahon urushidan omon qolishmagan. II – Jahon urushi yillarida fashizmga qarshi qo’lga qurol olib jang qilgan o’zbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi halok bo’ldi, 132670 kishi bedarak yo’qolgan va 60452 vatandoshimiz urushdan nogiron bo’lib qaytgan. Oila a’zolarining aytishlaricha G’affor bobo urush vaqtlaridagi mashaqqatlar, u yerning muhiti haqida ko’p bora eslagan.
-Sizlarga havasim keladi, – derkan G’affor bobo. – mehnat qilgan odam farovon yashayapti. Yoshlar uchun hamma sharoitlar muhayyo, barcha imkoniyatlar yaratilgan, bundan oqilona foydalanib yurt ravnaqi uchun xizmat qilishingiz kerak deb ko’p bora ta’kidlagan.
Endi urush bo’lmaydi tinch hayotni qadriga yeting deydi urush qaxramoni G’affor bobo.
G’affor boboning oila a’zolari bilan bo’lgan suxbatdan keyin tinchligimiz uchun fidoiy bo’lgan, urush qahramoni G’affor boboning sharaflariga tashakkurlar bildirdik.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira kitobi tayyorlanib, nashr qilindi. 9 – may kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan bo’ldi. Buni g’alaba kuni sifatida nishonlash noto’g’ri bo’ladi. Chunki bu urushda juda ko’p qurbon berilgan va qon bilan yutilgan.
Shahnozabonu O’KTAMOVA,
Paxtachi tumani “Bodoy” mahallasi
Alfraganus universiteti Stomatologiya yo’nalishi, 2–kurs talabasi