Buxorodagi avtosalon reklamasida ilondan foydalanildi.
Bu jamoatchilik e’tiborini tortib, turli muhokamalarga sabab bo’lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha KiaBukhara avtosalonini reklamasiga Oʻzbekistonda kamsonli boʻlgan subtropik yovvoyi jonivordan foydalanilgan video tarqaldi. Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab bo’ldi.
Hozirda subtropik yovvoyi ilon qayerdan kelgan. Kim olib kelgan. Ruxsatnomasi bormi, agar ilon egasini ruxsati bo’lsa, qanday sharoitda ilonni saqlamoqda Kabi holatlar Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan o’rganilmoqda.
Ekologiya tashkiloti o’rganish yakuniga yetgach, batafsil axborot berishini aytib o’tdi.