Erdo‘g‘on tez orada Suriyadagi kurd jangarilarini yo‘q qilish niyatini bildirdi

Erdo‘g‘on tez orada Suriyadagi kurd jangarilarini yo‘q qilish niyatini bildirdi

«Biz Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchilariga ortiq toqat qilmaymiz. Yaqin orada bu masalani tubdan hal qilish uchun qat’iy choralar ko‘ramiz», dedi Erdo‘g‘on.

 

Turkiya yetakchisi avval ham xalqaro o‘yinchilarni Suriyadan «qo‘llarini tortishga» chaqirib, Anqara mamlakatda terroristik guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanini aytgandi.