SSV Toshkentda ikki oylik chaqaloq qo‘li amputasiya qilinganiga izoh berdi

SSV Toshkentda ikki oylik chaqaloq qo‘li amputasiya qilinganiga izoh berdi

jtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri muolajasi oqibatida 2 oylik chaqaloqning qo‘llari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Aniqlanishicha, 2024 yil 9 dekabr kuni soat 15:30 lar atrofida poytaxtimizning Shayxontohur tumanida yashovchi 2024 yilda tug‘ilgan qizaloq H.J. ota-onasi tomonidan Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasiga tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, xirillash, hansirash, bezovtalik va holsizlik kabi shikoyatlar bilan olib kelingan.

 

Dastlabki tekshiruv davomida unga “Shifoxonadan tashqari pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan. Bemorning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deya baholanib, darhol muassasaning chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga gospitalizasiya qilingan.

 

Shuningdek, bo‘limda gematolog, angioxirurg, bolalar jarrohi, neonatal-jarroh kabi tor soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha va klinik tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorga “Asosiy: Sepsis. Septisemiya. Covid-19 etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya” asosiy tashxisi hamda “Tug‘ma yurak nuqsoni-bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni” kasalligi va uning asorati bo‘lgan “Nafas yetishmovchiligi 1-2-daraja. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi 1-2-a darajasi” tashxisi qo‘yilgan.

 

Muassasada davolanish vaqtida qizaloqda “Chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi. Chap qo‘l va chap qo‘l panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” kuzatilgan.

 

Shu bois bemor hayotini saqlab qolish maqsadida amputasiya o‘tkazishga qaror qilingan va ota-onasining roziligi bilan unda jarrohlik aralashuvi amalga oshirilgan. Hozirda chaqaloqning ahvoli stabil holatda.