Oʻzbekistonda Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi hududida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi

Oʻzbekistonda Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi hududida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi

O‘tkazilgan reyd davomida inspektorlar tomonidan noqonuniy baliq ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi va ko‘zdan kechirish chog‘ida 145 kilogrammga yaqin baliq aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 487 million so‘mni tashkil etdi, deb xabar beradi Ekologiya vazirligi.

 

Mazkur holat yuzasidan adliya organlariga yuborish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.