2024-yilning yakunida, ya’ni dekabr oyida Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy universitetlarga “4 foizlik soliq” solayotgani haqidagi ancha shov-shuvli xabar chiqqandi.
O’shanda masalaga parlament ham aralashgan. Keyin hamma o’zini tartibga solib olgandi.
Ammo, Yuliy Yusupov bu bora yana yozdi. Unda keltirilishicha, Respublika Oliy ta’lim Kengashi kuni kecha xususiy universitetlarning rahbarlarini yana yig’ib, tashqariga chiqib yana shovqin ko‘tarasanlarmi, deputatlarni yordamga chaqirasanlarmi, farqi ham, foydasi ham yo‘q — biz aytgan “soliq”ni baribir to’laysanlar, to‘lamasanglar, jazolanasanlar, deb to‘g‘ri tushuntirgan, deydi.
Hozircha bu masalada rasmiy tomonlar hech nima deyishgani yo’q.