AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaraga 10 mingga yaqin askarni joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda The Washington Post nashri bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati hujjatlariga tayanib xabar berdi.
«Prezident Donald Tramp janubiy chegaraga 10 mingga yaqin askar jo‘natishga hozirlik ko‘rmoqda”, deb yozadi nashr. Nashrning ta’kidlashicha, chegarada harbiy kuchlarni kuchaytirish bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda gap 1 mingga yaqin harbiy xizmatchilar haqida ketmoqda.
AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Robert Salesses qurolli kuchlar noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurashish uchun Meksika bilan chegaraning g‘arbiy qismiga qo‘shimcha ravishda 1500 askar, vertolyot va harbiy razvedka bo‘linmalarini joylashtirishini ma’lum qildi.