Senatning uchinchi yalpi majlisida fuqarolarni yashash va turish joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni takomillashtiruvchi qonun qabul qilindi.
Endi amaldagi propiska talablari bekor qilinib, “E-xabar berish” tizimi joriy etiladi. U orqali fuqarolarni roʻyxatga va hisobga olish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Fuqarolar roʻyxatdan oʻtmasdan yashash muddati 15 kundan 10 ish kuniga qisqartiriladi. Shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik yengillashtirilib, 18 yoshga toʻlmagan va 60 yoshdan oshganlar jazodan ozod etiladi