BMT Rossiya qo’shinlarini Ukrainadan olib chiqish talabini qabul qildi

BMT Rossiya qo’shinlarini Ukrainadan olib chiqish talabini qabul qildi
foto: "Vostochniy.express" nashri

BMT Bosh Assambleyasi Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan “zudlik bilan” olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Ushbu qarorni ko‘pchilik, 141 nafar davlat ovozi bilan yoqlanib, unga  7 davlat qarshi ovoz bergan. 32 davlat, jumladan Xitoy ham betaraf qolgan.

Bir kun avval Bosh Assambleyaning Ukraina boʻyicha favqulodda sessiyasi ochilishida nutq soʻzlagan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning qoʻshni davlatga bostirib kirishini “koʻp tomonlama tizimning asosiy tamoyillari va qadriyatlariga qarshi chiqish, uni haqorat qilish” deb atagandi.