AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentga keladi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentga keladi

AQSH Davlat kotibi Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ladi. Bu haqda mamlakat rasmiylari xabar bermoqda.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken joriy yil 28-fevraldan 3-martgacha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga safar qiladi. 28-fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahriga tashrif buyuradi va u yerda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Qozog‘istonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. Shuningdek,  C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shundan soʻng Blinken Oʻzbekistonda boʻladi. Rasmiylar bilan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.