Mamlakatning Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha boshqarmasi (GPDP) italiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida Xitoyning DeepSeek chat-botini blokladi.
Sabab:
GPDP DeepSeek foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari qanday yig‘ilishi va saqlanishi haqida ma’lumot so‘ragan, lekin kompaniyaning javobi qoniqarsiz deb topilgan.
Shu sababli, GPDP chat-bot faoliyatini cheklash va tergov boshlash haqida qaror chiqardi.