Qashqadaryoda profilaktika inspektori pichoqlandi — video
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida IIB profilaktika inspektorining qonuniy talabiga rioya qilmasdan pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.