Qozog’istonda Ramazon oyi boshlanish sanasi aniq bo’ldi

Qozog’istonda Ramazon oyi boshlanish sanasi aniq bo’ldi

Qozog‘iston Musulmonlari idorasi mamlakatda Ramazon oyining boshlanish sanasini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025 yilgi Ramazon oyi 1-mart, shanba kunidan boshlanadi.

Shuningdek, Qadr kechasi 26-27-mart oralig‘iga to‘g‘ri keladi, Ramazon hayiti esa 30-mart kuni nishonlanadi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi Qurbon hayiti 6-8-iyun kunlari davom etadi.