Turkiyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin

Turkiyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin

Hukumat 2025-yildan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni muhokama qilmoqda.

Bu haqda transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog‘lu ma’lum qildi.

«Bolalar eng himoyaga muhtoj qatlam. Biz ularning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini istamaymiz, chunki u yerda ular uchun foydali narsa yo‘q. Oxirgi voqealar ham buni isbotlayapti. Nasib qilsa, 2025-yilda buni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilishni rejalashtiryapmiz», – dedi vazir CNN Türk ga bergan intervyusida.