Joriy yilning 1-fevral kuni soat 08:40 da Yangiyo‘l tumani “Registon” MFY, Navbahor ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida «Isuzu» rusumli avtotransport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida transport vositasiga o’rnatilgan gaz balonidagi gaz to’ldirish uchun mo’ljallangan qismiga ulangan maxsus metal moslama chiqib ketishi natijasida, gaz, yuqori bosim bilan havoga chiqib ketgan.
Sodir bo‘lgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo’lganlar yo’q.
Shu o’rinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so’rab qoladi.