Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroga ajratilishi kerak bo‘lgan 427,7 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shuningdek, amaldor o‘zining qarindoshlariga mahalla hududida yashamagan bo‘lsa-da, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.