Ko’mir savdosidan Tolibon bir yilda 136 mln AQSh dollari bojxona daromadini ko’rdi

Ko’mir savdosidan Tolibon bir yilda 136 mln AQSh dollari bojxona daromadini ko’rdi

Ko’mir savdosi Tolibonga 136 million dollar bojxona daromadi keltiradi. Bu raqam Tolibon Moliya vazirligi tomonidan keltirilgan.

Mamlakatda Ko’mir Tolibonning umumiy 1,1 mlrd AQSh dollarlik bojxona to’lovlarining 12% dan ortig’ini ta’minlagan. Taqqoslaganda 2021-yilning mart-dekabr oylarida Afg‘oniston 948 ming tonna ko‘mir eksport qilib, bojxona daromadiga 21 mln AQSh dollar tushgan. O’tgan 2022-yilning mart-dekabr oylarida esa 2,7 mln tonna ( avvalgi yildan 2,85 barobar ko’p) ko’mir eksport qilib, 135 mln AQSh dollar ( avvalgi yildan 6,47 barobar ko’p) daromad ko’rgan.

Afg’onistonning ko’mir eksportidagi bu natijasi eng ko’p o’zida energiya xavfsizligini ta’minlashni niyat qilgan Pokiston davlatiga to’g’ri kelmoqda. Tolibon unga bir tonna ko’mir uchun 90 AQSh dollaridan 280 AQSh dollarigacha qimmatlashgan narxlarda sotgan. Shuningdek bir oy avval ko’mir uchun bojxona to’lovlarini 60 foizgacha kamaytirishga kelishuvga erishgan.