Luka Modrich Madrid derbisida ishtirok etish bo‘yicha xorijliklar orasida rekordchiga aylandi.
«Real»ning 39 yoshli xavbeki faoliyatidagi «Atletiko»ga qarshi 40-o‘yinini o‘tkazdi (1:1) va «matraschilar»ga qarshi 39 o‘yin o‘tkazgan sobiq jamoadoshi Karim Benzemani ortda qoldirdi.
Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos egallab turibdi – 33 o‘yin.
Top-5dan shuningdek, Yan Oblak («Atletiko,» 32), Krishtianu Ronaldu (sobiq «Real») va Antuan Grizmann («Atletiko») joy olgan – 31 tadan o‘yin.