Yangi formatda o‘tkazilayotgan Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 9-24-o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga chiqish uchun pley-offning o‘tish o‘yinlarida ishtirok etmoqda.
11 fevral kuni bu bosqichdan o‘rin olgan to‘rt uchrashuv yakunlandi. Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Brest” (Fransiya) — PSJ (Fransiya) — 0:3;
“Manchester Siti” (Angliya) — “Real” Madrid (Ispaniya) — 2:3;
“Sporting” (Portugaliya) — “Borussiya” Dortmund (Germaniya) — 0:3;
“Yuventus” (Italiya) — PSV (Niderlandiya) — 2:1.
Bugun mazkur bosqichning yana to‘rtta uchrashuvi bo‘ladi. Unda quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadi:
“Bryugge” (Belgiya) – “Atalanta” (Italiya)
“Monako” (Fransiya) – “Benfika” (Portugaliya)
“Feyenoord” (Niderlandiya) – “Milan” (Italiya)
“Seltik” (Shotlandiya) – “Bavariya” (Germaniya)
Javob o‘yinlari 18 va 19 fevralga belgilangan.