Bosh prokuratura yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlarni fosh etdi.
Xususan, “E.T.F.” oilaviy korxonasi rahbari E.O. va boshqalar neft mahsulotini tashish bo‘yicha Qashqadaryo viloyatidagi “S.E.G.” xorijiy korxonasiga shartnoma asosida transport xizmati ko‘rsatib, 30 tonnalik sig‘imni (sisterna) ichki qismiga yashirincha 3 tonnalik sig‘imni o‘rnatib, har bir qatnovdan yashirin sig‘im ichida qoladigan neft mahsulotini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilib kelishgan.
Tezkor tadbir davomida 27 tonna miqdoridagi neft mahsuloti va boshqa uskuna hamda transport vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat bo‘yicha 2 nafar shaxs protsessual tartibida ushlangan.