Joriy yilning 11-fevral kuni kechqurun Yurak jarrohligi va organlar transplantatsiyasi ilmiy-tadqiqot institutida yong‘in sodir bo‘lgan. Binodan jami 260 kishi evakuatsiya qilingan. To‘qqiz kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar 16 va 1 yoshu 7 oylik bo‘lgan. Ular operatsiyadan keyin sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg’atilgan, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.