Samarqandda YTH sodir boʻldi

Samarqandda YTH sodir boʻldi

2025 yil 13-fevral kuni soat 14:05 lar atrofida Samarqand shahar Shohi Zinda ko‘chasi bo‘ylab bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan KIA BONGO rusumli transport vositasi SINGLE CABIN TRUCK SHINERAY T30 rusumli transport vositasini orqa qismidan urib yuborishi oqibatida transport vositasi yo‘lning o‘ng tarafidagi pastki kanalga tushib ketib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda ikkala transport vositasi haydovchilari ham Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.