Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga o‘tish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi

Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga o‘tish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi

SSKA jamoasining qanot hujumchisi Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga o‘tish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi.

– Albatta, Yevropada o‘ynashni xohlayman. Ammo buning uchun munosib vaqt kelishi kerak. Shubhasiz, Husanovning transferi biz uchun turtki bo‘ldi. Va bu nafaqat menda, balki boshqalarda ham shunday tuyg‘uni uyg‘otdi», – deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi «Chempionat» nashri.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023 yilning yozida SSKA safiga qo‘shilgan edi.