10 ming dollarga “zahri qotil” sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Giyohvandlikning ayanchli oqibatlaridan xabardor bo‘la turib, uning domiga tushib qolayotgan, shu orqali “ishbilarmonlik” qilayotgan kimsalarga tayyor xo‘rak va daromad manbai vazifasini o‘tayotgan shaxslarning borligi achinarli.
Gap shundaki, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand chegara qo‘shinlari hamda IIB xodimlari hamkorligida narkotik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday kimsalar ushlandi.
1990 yilda tug‘ilgan Urgut tumanida yashovchi fuqaro A.J. mahalliy fuqaroga 765,89 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida tezkor guruh tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaro A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIBB