Samarqandda elektr va gaz korxonalarining «korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan» 7 nafar xodimi yig‘ilishning o‘zida ehtiyot chorasida qamoqqa olinib, kishanlar bilan olib chiqib ketilibdi.
«Joriy yil 14-fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni «korrupsiyasiz soha»ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» va «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilish jarayonida ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.» deyiladi xabarda