MrBeast YouTube’dagi rasmiy monetizatsiyadan qancha mablag’ ishlayotgani ma’lum bo’ldi.
Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko’ra kanalning daromadi — oyiga 4 million dollar. Bu unchalik ko’p ko’rinmasligi mumkin, ammo yiliga 48 million dollar misol uchun, LeBron Jeymsning Leykersdagi maoshidir. MrBeast esa bu mablag’ni faqat Google’dan oladi, bundan tashqari integratsiya va homiylik shartnomalari ham mavjud.
Forbes 2024-yilda MrBeast’ning daromadini 85 million dollarga baholadi. YouTube’dan tashqari daromadlardan MrBeast’da Samsung bilan shartnomasi, o’zining Feastables shokolad brendi va Amazon uchun realiti-shoudan keladigan daromadi mavjud.