Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi

Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi

Tovoqsoy qamoqxonasida mahkum devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi.

Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasi — 7-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumni devor bosib qoldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, Mustafa Tursinbayev 11 fevral kuni bir qavatli binoning devorlarini buzayotgan vaqtida ustiga devor qulagan. U darhol shifoxonaga yetkazilgan, lekin tibbiy muolajalarga qaramasdan, 16 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha «mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni Toshkent maxsus prokuraturasi olib bormoqda.