Saudiya Haj kvotasini 15 mingta etib belgilandi

Saudiya Haj kvotasini 15 mingta etib belgilandi

«O‘zbekiston bilan kelishib, Haj kvotasini 15 mingta belgiladik» — Saudiya Haj va Umra vaziri

18 fevral kuni Toshkentga kelgan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robia jurnalistlar bilan uchrashib, Haj va Umra ziyoratiga doir ayrim savollarga javob berdi.

15 mingta Haj kvotasi O‘zbekiston bilan kelishuv asosida belgilangan. Umra ziyoratchilari soniga esa cheklov yo‘q.

Podshohlik Umra ziyoratchilariga sifatli xizmat ko‘rsatilishi va xavfsizlik ta’minlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadi, shu sabab O‘zbekiston tomoni ko‘rayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Turfirmalar uchun 1 mln dollar zaxira talabi noqulay vaziyatda qolib ketgan ziyoratchilarga yordam berish uchun nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.