Markaziy bank yuborilayotgan SMS-xabarnomalarga tushuntirish berdi

Markaziy bank yuborilayotgan SMS-xabarnomalarga tushuntirish berdi

Markaziy bank fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida yuborilayotgan SMS-xabarlar boʻyicha tushuntirish berdi. 

Maʼlum qilinishicha, ushbu SMS-xabarlar fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.

“Fuqarolar SMS-xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bogʻliq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.