Yana o’qituvchiga qo’l ko’tarildi

Yana o’qituvchiga qo’l ko’tarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda dars vaqtida o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida tortishuv yuzaga kelganligi va o’quvchi o’qituvchiga jarohat yetkazuvchi harakatlarni qilganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman 34-maktabda sodir bo’lgan. Xabarda aytilishicha, o’quvchi darsga halaqit bergani sabab, o’qituvchi undan sinf xonasini tark etishini so’ragan, o’quvchi esa chiqib ketishni o’rniga o’qituvchiga qo’l ko’tarishgacha borgan.

Bu voqeaga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi dastlabki munosabatni berdi.

Unda aytilishicha, holat boshqarma va axborot xizmati tomonidan oʼrnatilgan tartib asosida oʼrganilmoqda. Aniqlangan kamchliklarni keltirib chiqargan masʼul xodimlarga nisbatan taʼsir choralari qoʼllaniladi, deyiladi axborot xizmati xabarida.

Shuningdek, boshqarma Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligini maʼlum qilgan.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi