Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Jinoiy guruhlar o‘zbeklarga katta pul mukofoti va’da qilib, Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda ularni vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.

Bu haqida Rasul Kusharboyev o’z telegram sahifasida xabar qildi.

Istanbul Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.

Hozirda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqda-deyiladi xabarda.

Ozarbayjon Rossiyaning “TASS” axborot agentligidan uzr so‘rashni talab qildi

Ozarbayjon Rossiyaning “TASS” axborot agentligidan uzr so‘rashni talab qildi

Ozarbayjon Rossiyaning “TASS” axborot agentligidan uzr so‘rashni talab qildi. Bunga agentlikning o‘z maqolalaridan birida Xonkendi shahri o‘rniga “Stepanakert” nomidan foydalangani sabab bo‘ldi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya “joy nomlarini buzib ko‘rsatishni” to‘xtatmasa, Boku ham Rossiya shaharlarining “tarixiy nomlari”ni, masalan, Kyonigsberg (Kaliningrad) yoki Orenburg kabi nomlarni ishlatishni boshlashini ogohlantirdi.