Shimoliy Orol dengizi suvini 42% ga oshirildi

Shimoliy Orol dengizi suvini 42% ga oshirildi

Qozoq hukumati Orol dengizi shimolidagi Shimoliy Orol dengizi suvini 42% ga oshirdi.

O‘tgan yili faol El—Ninyo davrida nafaqat Amudaryo, balki Sirdaryo daryosida ham suv bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi 7—8 yillikdagi eng yaxshisi bo‘ldi.

Aksiga o‘tgan yozda harorat muhiti va namlikning qishloq xo‘jaligi uchun komfort bo‘lishi Sirdaryoning Qozog‘istondan oqib o‘tgan qismida suvga bo‘lgan talabni keskin kamaytirdi. Bu kabi imkoniyatdan qozoq hukumati to‘g‘ri foydlanib, 2 km kubga yaqin suvni Shimoliy Orolga yo‘naltira olishdi. Bu esa katta Orolga Sirdaryo daryosida suv eng yaxshi bo‘lgan davrda ham bir tomchi suv yetib kelmasligiga olib keldi.Qozoqlar Jahon Bankining 39 ta loyihasi asosida Shimoliy Orolda infrastrukturani yaxshilash, baliqchilikni rivojlantirish, turizm imkoniyatlarini kengaytirish hamda Katta Orol va Shimoliy Orolni o‘zaro ajratib turuvsi Kokoral to‘g‘onini mustahkamlash, qayta tiklash ishlariga kuch bermoqda.

Ushbu manzaradan ham ko‘rinib turibdiki, o‘zbek hukumati qurigan Orol tubida yashil fitomassa yaratishga kuchni maksimal beraverishi kerak.