Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Afg‘oniston Bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston bosh vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.