Turkiya sharqida 5,6 (ba’zi manbalar 5,2) magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
EMSC maʼlumotlariga koʻra, bugun Turkiya sharqida, 441 ming aholi istiqomat qiladigan Malatya shahridan 15 km uzoqlikda 5,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Manba 5 km chuqurlikda joylashgan.
Mamlakat sharqida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo’ldi. Kamida 1 kishi halok bo‘ldi, 69 nafar yarador va shifoxonaga yetkazilgan.
Malatya shahrida ba’zi binolar yana bir zilzilaga dosh berolmay, butunlay qulab tushdi. Vayronalar ostida hamon odamlar bor, qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
AFADning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida 29 ta bino vayron bo‘lgan.
«Muhim24» Turkiya mahalliy OAVga tayangan holda tayyorladi.