Qozog‘istonda 2 yoshli bola 105 ta magnit sharchalarini yutib yubordi

Qozog‘istonda 2 yoshli bola 105 ta magnit sharchalarini yutib yubordi

24 kz xabariga ko‘ra, rentgen tekshiruvida bola bir hafta davomida tanasida xavfli magnit sharchalari bilan yurgani aniqlangan.

Magnitlar bir-biriga yopishib qolgani sababli, ularni endoskopik usulda olib tashlashning iloji bo‘lmagan. Shuning uchun bolaga shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Shifokorlarning aytishicha, hozirda uning ahvoli yaxshi.