Taksichilar yana o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritildi

Taksichilar yana o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritildi

Prezident qaroriga muvofiq shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya varaqasi talab etiladi.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil apreldan huquqbuzarliklar aniqlanganda tartib quyidagicha bo‘ladi:

-birinchi marta qoidabuzarlik aniqlansa, ogohlantirish beriladi.
-agar 3 kun ichida kamchilik bartaraf etilmasa yoki takrorlansa, sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
-shundan so‘ng tekshiruv natijalariga asosan rasmiy qaror qabul qilinadi.