Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar topildi

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar topildi

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, jami 1,9 mlrd soʻmlik zarar keltirganlar aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Yangihayot” MFYda joylashgan “A. P.” MCHJda gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda korxonada oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda ikki dona nostandart yondirgichdan foydalanilayotgani aniqlandi.

Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 558 million soʻmlik zarar hisoblandi.

Shuningdek, Guliston shahar “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X. R. xonadonida hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 379 million 787 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.