Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari sababli 13-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25-mart 05:00 gacha vaqtincha yopiladi.

Qayd etilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddat — 1983-yildan buyon ishlatilishi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, 1554 metr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan.