Nega Qozog’iston BMT Bosh Assambleyasining Ukraina bo’yicha rezolyutsiyasini qo’llab-quvvatlamadi? Bunga mamlakat Tashqi ishlar vazirligi javob berdi.
Qozog‘iston BMTda Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqish to‘g‘risidagi rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgan 32 davlatdan biri bo‘ldi.
Qozog‘iston hanuzgacha bu kabi rezolyutsiyalar tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga yordam bermasligiga, balki inqirozni yanada kuchaytirib, bo‘linish chegaralarini chuqurlashtirishiga ishonchi komil, dedi respublika Tashqi ishlar vazirligi.