Moskva va Moskva viloyatiga dron hujumi: bir kishi halok bo’ldi

Moskva va Moskva viloyatiga dron hujumi: bir kishi halok bo’ldi
Foto: Sapronovo qishlog’i, Moskva viloyati, Rossiya. 2025 yil 11 mart

Moskva va Moskva viloyatiga dron hujumi: bir kishi halok bo’ldi, o’nlab odamlar yaralandi

11-martga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Moskva va Moskva viloyatiga hujum qildi. Bu haqda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina dronlarining Moskvaga qilgan eng ommaviy hujumidir.

Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, oʻtgan kechada havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya viloyatlari osmonida 337 ta Ukraina dronlarini urib tushirgan, ulardan 91 tasi Moskva viloyati osmoniga kelgan. Hujum 2025 yildagi eng yirigi bo’ldi.

Foto: Moskva viloyati, Rossiya. 2025 yil 11 mart AP/Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev rasmiy telegram kanali

Departament maʼlumotlariga koʻra, Moskva viloyatida 91 ta, Kursk viloyatida 126 ta, Bryansk viloyatida 38 ta, Belgorod viloyatida 25 ta, Ryazan viloyatida 22 ta, Kaluga viloyatida 10 ta, Lipetsk va Oryol viloyatlarida 8 ta, Voronej viloyatida 6 ta, Novgorod viloyatida 3 ta uchuvchisiz uchoqlar yoʻq qilingan.

Domodedovo, Moskva viloyati. 2025 yil 11 mart AP/Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev rasmiy telegram kanali

Moskvaning Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida parvozlarni vaqtincha cheklash joriy etildi. Lyubertsi va Ramenskoyeda dron qoldiqlari qulashi natijasida turar-joy binolari shikastlangan. Domodedovoning Yam qishlog‘idagi avtoturargohda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 20 dan ortiq avtomobil yonib ketdi, dedi Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov.