FVV Paxtachi tuman bo’limining tuman aholisiga murojaati

Paxtachi tumani aholisi va aziz mehmonlar diqqatiga!

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Paxtachi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi sizlarni ogohlikka chaqiradi.

Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, joriy yilning 15 martidan 15 aprelga qadar yurtimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkaziladi. Ushbu oylik doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularda xavfsiz harakat qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib boriladi.

Sizdan tabiiy ofatlar – sel, suv toshqini, zilzila va boshqa favqulodda holatlarda xavfsiz harakat qilish qoidalarini puxta o‘rganishingizni so‘raymiz. Bunda rasmiy axborot manbalarini kuzatish, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘g‘ri ma’lumotlarni olish va ogohlikni oshirish muhim ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz:

Favqulodda vaziyatlar kutilmaganda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ularga doimo tayyor bo‘lish kerak!

Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini bilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizning hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilasiz.

Har qanday favqulodda holatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish har birimizning burchimizdir.

Unutmang, sizning xavfsizligingiz – o‘z qo‘lingizda!