Joriy yilning 18-mart kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida katta bayram sayli o’tkazildi.
Doshqozonlarda sumalak, dasturxonlarda bahorning nozik ne’matlaridan tayyorlangan va bayramga mos milliy taomlar tashrif buyuruvchilarga tortiq qilindi.
Jajji bolajonlar, yoshlarni bir davrada jamlagan jarayon, milliycha kiyim va boshdagi do’ppilar, insonning bahri-dilini yayratadi.
O’zbekcha an’ana va urf-odatlar ham chetda qolmadi.
Saylning asosiy qismida Dilmurod Sultonovning konsert dasturi bo’ldi. Xonandaning xorazmcha raqsbop qo’shiqlari boshlanishdan tuman ahli va mehmonlarni davraga chorladi.
Eng qizig’i, Paxtachi tumanining yaqinda lavozimiga kirishgan hokim Qayum Xushbaqovning ilk bor aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvi, muloqoti bo’ldi.
Jamolbek SALOMOV, MUHIM24.uz