foto: Shutterstock
Oʻzbekistonda hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish institutini tashkil etish taklif qilindi.
Adliya vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasining muhokamalarida fuqarolardan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Takliflar orasida mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish haqidagi taklif ham bor. Bugungi kunda Oʻzbekiston qonunchilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, yaʼni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki tashkilot tomonidan ishonchsizlik votumini bildirish boʻyicha normalar oʻrnatilmagan. Shu sababli hozirda mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuchaytirish, ularni xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berishi huquqiy asoslarini yaratish maqsadida hokimlarga va kengashga hisobot beruvchi shaxslarga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilyapti.