Angliyada tovuq tuxumi kimoshdi savdosida 542 dollarga sotildi
“Milliardda bitta” deb nomlangan noodatiy mukammal dumaloq tuxum auksionda 542 dollarga sotilgan.
Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Fenton fermasi ishchisi Alison Grin o‘z faoliyati davomida 42 milliondan ortiq tuxum yetishtirganini, ammo bunday holatga hech qachon duch kelmaganini ta’kidlagan.